Dam olish kunlari yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda

Kunduz kunlari havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi

Bugun Oʻzbekistoning barcha hududlari boʻyicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Kunduz kunlari havo 13-18 daraja iliqqacha isiydi. Faqat respublika shimolida havo harorati 2-7 daraja iliqdan yuqori boʻlmaydi.

Ertaga Oʻzbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Xorazm viloyatida va choʻl hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Hududning katta qismida havo harorati yuqori boʻlishi saqlanib turadi, faqat respublika shimolida harorat 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublikaning koʻpchilik viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq atrofida boʻldi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, shanba kuni biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab yogʻngarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin), kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan 2-6 daraja iliq, kunduz kunlari 7-8-fevralda 13-16 daraja iliq, 9-fevralda 8-10 djaraja iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling