Sirdaryoda sholidan boʻshagan yerlarni yoqib yuborgan shaxslarga 45 mln soʻm jarima belgilandi

Sholidan boʻshagan yer maydonlarini yoqib yuborish holatlari yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan sholidan boʻshagan yer maydonlarini yoqib yuborish holatlari yuzasidan doimiy nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo tumani Sholikor SIU hududida sholidan boʻshagan yerlarni yoqib yuborgan 23 ta fermer xoʻjaligiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularga 25 mln 875 ming soʻm jarima tayinlandi.

Huquqbuzarlarga tabiatga yetkazilgan zarar (19 million 190 ming soʻm) va jarima — jami 45 million 65 ming soʻm tovon toʻlash belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling