Mirali Hamroyev oʻz arizasiga koʻra Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Baxtiyor Adilov ushbu lavozimga tayinlandi.

Ayni paytga qadar u Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Feruza Ibragimova boshqa ishga oʻtayotgani munosabati bilan Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod qilindi.
Uning oʻrnini Hafiza Artikova egalladi.

Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.