Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 38 darajagacha bo‘ladi, hafta o‘rtasiga kelib esa havo 36-39 darajagacha, janubda 42 darajagacha isiydi.
Respublikaning shimolida bugun va ertaga havo harorati 38-40 daraja bo‘lgan eng issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, chorshanba kunidan boshlab harorat asta-sekin 32-37 darajagacha pasayishi boshlanadi.
3-4-iyunda shimolda va cho‘l hududlarda, 4–iyunda respublika bo‘yichaba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylardachang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun 30-32 daraja, ertaga 33-35 daraja, chorshanba va payshanba kunlari 35-38 daraja bo‘ladi.