Hafta davomida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Faqat ayrim tog‘li hududlarda 12-13-may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin

O‘zbekiston bo‘yicha 12-16-may kunlari quruq va asoan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, faqat ayrim tog‘li hududlarda 12-13-may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Bugun kunduzi havo harorati 32-35 daraja atrofida, shimolda, janubdava cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.

Ertadan boshlab respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 37-40 darajagacha, ba‘zi joylarda 41-42 darajagacha isiydi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja, 3-14-mayda 35-38 daraja, 15-16 mayda 38-41 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 19-21 darajadan 23-25 darajagacha ko‘tariladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling