“Namangan” YPX maskanida taqiqlangan modda olib ketayotgan shaxs ushlandi

“Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilgan

21-oktyabr kuni soat 11:15larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilgan

Ushbu avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchi, 1995-yilda tugʻilgan I.Q. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro I.Q.ning yonidan sellofanga oʻralgan, oʻtkir hidli, yashil rangli, koʻrinishidan giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda topilgan.

Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, topilgan modda hamda fuqaro I.Q. Pop tumani IIB xodimlariga topshirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling