Mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab oʻquvchilarini teatrga olib ketayotgan yuk mashinasi va avtobus toʻqnashib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Hodisa oqibatida Kogon tumanidagi 5-maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan, 25 nafar oʻquvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Oliy sud matbuot xizmatinig xabar berishicha, holat yuzasidan avtobus haydovchisi O.Sh.ga nisbatan 20-sentyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Kogon shahar sudi ishni koʻrib chiqdi.
Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi O.Sh. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Haydovchiga nisbatan shu modda bilan 3 (uch) yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling