Qozogʻistonda sodir boʻlgan YTH oqibatida 6 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan

Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatidagi Beyneu — Tajen yoʻlida 16-oktyabr kuni soat 07:30 da sodir boʻldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Avtomobil chegaradan oʻtish uchun navbatda turgan yuk mashinasiga kelib urilgan.

YTH oqibatida 6 kishi halok boʻlgan, yana 4 kishi Beyneu tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli oʻrtacha ogʻir.

Jabrlanganlar va halok boʻlganlar Rossiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling