Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar “U.Nosir” koʻchasida 9-oktyabr kuni 20:00 larda YTH sodir boʻldi.
Koʻchada toʻxtab turgan 1983-yilda tugʻilgan Sh.X boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasiga 1976-yilda tugʻilgan A.S boshqaruvida boʻlgan Lacetti avtomobili kelib urilgan.
Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlanib, Cobalt haydovchisi Sh.X va yoʻlovchisi M.Q tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Margʻilon shahar IIB JXX YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling