Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 11-fevral kuni Yunusobod va Bektemir tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Yunusobod tumani: “Boʻzsuv”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Shayh Shivli”, “Bodomzor”, “Firdavsiy” hamda “Yangi Tarnov” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
- Bektemir tumani: “Nurafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha.
Taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.