Toshkentning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi

Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin

Mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 7-fevral kuni Yunusobod va Chilonzor tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Yunusobod tumani: “Obod”, “Otchopar-1” hamda “Otchopar-2” MFYlarining ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: “Katta Chilonzor-2” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling