Ta‘mirlash ishlari tufayli 5-may kuni Toshkentning bitta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hudud: Yunusobod tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — “Katta Xasanboy” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.