Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda jami 3,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Toshkentning, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.O‘. xonadonida gaz taʼminoti korxonasi tomonidan ro‘yxatga olinmagan va bir martalik tamg‘asi mavjud bo‘lmagan hisoblagich orqali gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 mlrd 349 mln so‘m miqdorida zarar hisoblandi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan nodavlat taʼlim muassasasiga o‘rnatilgan hisoblagichga tashqi taʼsir o‘tkazilgani va bir martalik tamg‘asi uzilgani aniqlandi.

Noqonuniy holat bo‘yicha 1 mlrd 80 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling