Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 20-fevral kuni Yunusobod va Uchtepa tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Yunusobod tumani: “Buyuk Turon” MFning Niyozbek yoʻli koʻchalari hududlarida soat 10:00 dan 19:00 gacha;
- Uchtepa tumani: “Bogʻobod” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.