Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida 10-mart kuni soat 01:20 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 01:24 da yetib borib, yong‘in soat, yong‘in soat 01:35 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.