Futbol boʻyicha Jahon Chempionati—2026 saralashi 3-bosqichi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu oʻyin bugun, 10-oktyabr kuni soat 19:00 da start oladi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, sentyabr oyida oʻtkazilgan 2 oʻyinda Oʻzbekiston MTJ jami 6 ochkoni qoʻlga kiritgan.
Oʻzbekiston jamoasi bugunga qadar Eron bilan 13-marta oʻyin oʻtkazgan. Uchrashuvlarning 3 tasida durang qayd etilgan. 9 uchrashuvda Eron jamoasi gʻalaba qozongan. Oʻzbekiston esa bir marta ustun kelgan.