Futbol boʻyicha Jahon Chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida 4-tur oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda BAAni qabul qildi va 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi.
Oʻyinning 76-daqiqasida BAA darvozasi tomon belgilangan penaltini Otabek Shukurov aniq amalga oshirdi.
Shunday qilib Oʻzbekiston MTJ 4-turdan soʻng 10 ochko bilan “A” guruhida peshqadam boʻlib turibdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling