Angren shahrida joylashgan “A.C.I.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 111 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling