Fargʻona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zapravkada sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
17-dekabr kuni soat 13:43da Fargʻona shahar, “Yangi yoʻl” MFY, A.Yassaviy koʻchasida joylashgan, koʻp yoqilgʻili AYOQSH va AGQSH shahobchasida suyultirilgan gaz toʻkish vaqtida texnalogik jarayonlarni buzilishi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida chaqnash sodir boʻlgan undan soʻng yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻinga yongʻin-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da oʻrab olinib, 14:12 da yongʻin batamom oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 8 nafar fuqarolar tibbiyot xodimlari nazoratida.
Fargʻona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlar, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda yongʻin oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling