Toshkentda 2,7 mlrd soʻmlik gazdan noqonuni foydalangan metan zapravka aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “B” MCHJ rahbari A.T. jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab, jami 2 mlrd. 716 mln. soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan 2 mlrd. 716 mln. soʻm zararni toʻliq qoplanishi taʼminlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling