11-noyabr kuni soat 06:00 larda 121-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi Gʻ.M boshqaruvidagi avtobus, Uchtepa tumani, THAY koʻchasi, Beltepa mazvesi boʻylab harakatlanib borayotgan vaqtda boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida, yoʻl chetidagi koʻchatlar sotiladigan joyga kirib ketgan.
Ushbu YTH oqibatida bir kishi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
“King Long” rusumli avtobus texnik shikastlangan.
YTH avtobus haydovchisi Gʻ.M aybi bilan sodir etilgani sababli, avtobusga yetkazilgan moddiy zarar haydovchi tomonidan qoplanadi.
Hozirda ushbu YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling