9-noyabr kuni soat 19:00larda Namangan viloyati IIB JXX YHXB Navbatchilik qismiga kelib tushgan.
Unga koʻra, shu kuni soat 10:20larda, Uychi-Chortoq temir yoʻl bekatlari oraligʻining 118-kilometri 1-toʻsigʻidagi qoʻriqlanmaydigan temiryoʻl kesishmasida 1961-yilda tugʻilgan haydovchi Damas avtomashinasini boshqarib borayotib, kesishmadagi toʻxtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etgan.
Natijada temir yoʻlda harakatlanib kelayotan Teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi ogʻir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling