Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Gretsiyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Elchi Afina shahrida Gretsiya davlat rahbari Konstantinos Tasulasga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosim chog‘ida Gretsiya prezidenti yangi elchilarni samimiy tabriklab, ularga faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, elchilarning ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
Bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida Konstantinos Tasulas dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda O‘zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro ishonchni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shayotganini alohida taʼkidladi.
Gretsiya yetakchisi O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etdi.
Mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yana-da kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini bildirildi.