Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda mamlakatdagi diplomatik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Vazir Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlari barcha jabhalarda misli ko‘rilmagan sur‘atlar bilan mustahkamlanib borilayotgani aytildi.