Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi.
22-fevral kuni OʻFAning navbatdan tashqari saylov Kongressi boʻlib oʻtadi.
Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress oʻtkazilgunga qadar OʻFA prezidenti vazifalari OʻFA birinchi vitse-prezidenti zimmasiga yuklatiladi.
Maʼlumot uchun, OʻFA birinchi vitse-prezidenti – Ravshan Ermatov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling