Abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

2025-yili 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

O‘zbekistonda 2025-yili 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Abituriyentlarning ta‘lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • O‘zbek tili  — 644 ming 27 nafar;
  • Rus tili  — 71 ming 476 nafar;
  • Qoraqalpoq tili  — 14 ming 959 nafar;
  • Boshqa tillar — 1 ming 949 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

  • erkaklar — 346 ming 299 nafar;
  • ayollar — 386 ming 112 nafar.

Oxirgi 7 yildagi abituriyentlar soniga nisbatan joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar eng kam miqdorni tashkil etmoqda:

  • 2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
  • 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
  • 2021-yil — 948 ming 211 nafar;
  • 2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
  • 2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
  • 2024-yil — 894 ming 279 nafar;
  • 2025-yil — 732 ming 411 nafar.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling