Prezident farmoni bilan Adxam Xudoyqulov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Adxam Xudoyqulov ushbu tayinlovga qadar Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisi rahbari sifatida ishlab kelgan edi.
Adham Xudoyqulov 30-aprel kuni nodavlat taʼlim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy taʼlimda sifatni oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha davlat rahbariga taqdimot qilgan.
Pezident farmoniga ko‘ra, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etilgan edi.