Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Prezident qarori bilan Maxmud Istamov adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maxmud Istamov 1979-yilda tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

2017-yilda Prezident devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu‘basi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2017-2019-yillarda adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-2021-yillarda Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida, 2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar (2024-yildan) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling