Adliya vazirligida Prezident va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi

1-sentyabrdan ijro intizomiga masʼul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan:

  • Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat Prezident va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi;
  • Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling