Toshkent viloyatida qamoqdagi fuqaroni ozodlikka chiqartirib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat ushlandi

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi. 

Toshkent viloyatida advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lgan.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling