Afg‘onistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar berdi DXX.
Toshkent-Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi, 1988-y.t. fuqaro boshqaruvidagi Cobalt Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘izistonda yashovchi, 1971-y.t. fuqaroning yonida 4 kg 897 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, fuqaro moddani Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olganligi aniqlanib, mazkur hudud ko‘zdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, muqaddam uchinchi shaxslar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.