Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, yong‘in faqat poyezdni tashish bo‘yicha yordamchi ishlarni bajaruvchi manyovr lokomotiviga ta‘sir qilgan. “Afrosiyob” poyezdida yong‘inga sodir bo‘lmagan va u ertaga jo‘nab ketadi.
Yonayotgan teplovoz ichida yo‘lovchilar bo‘o‘lmagan. Hodisa qatnovdan tashqarida sodir bo‘lgan va o‘sha paytda poyezd yo‘lovchilarni tashimagan.
Mutaxassislar voqea joyiga kelgan va yong‘in o‘chirilgan. “Afrosiyob”ning barcha reyslari jadvalda o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.