Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida 14-iyul soat 07:39 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da yetib borib, yong‘in soat 08:14 da qurshab olindi va soat 08:51 da o‘chirildi.
Tan jarohati olganlar yo‘q.