Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Bugundan Ai-80 benzinini birja orqali sotish to‘xtatildi

Ai-92 avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ bugundan boshlab Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bosqichma-bosqich Ai-92 avtobenzin ishlab chiqarishga o‘tish va sentyabrdan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli avtobenzin joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Shu bois, 2-sentyabrdan Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotish to‘xtatildi. 

Ai-92 avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi. Shu vaqtga qadar 1000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani tashkil etmoqda. 

"Avgustda tadbirkor iste‘molchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentyabr oyida ham o‘z egalariga yetkazib berilishi ma‘lum qilinadi", deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling