Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, “Chingeldi” MFY, Milliy bog‘ ko‘chasida 25-aprel kuni soat 11:21 da yangi qurilayotgan “dom” hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:28 da voqea joyiga yetib borgan va soat 11:31 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida yangi qurilayotgan “dom” hududida bo‘lgan 5 kv metr maydonda penoplast qoldiqlari yongan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.