Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bunga ko‘chada sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunga ko‘chada sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. 

Shu bois Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10-oktabr soat 09:00 dan 13-oktabr soat 09:00 gacha yopiladi.

Yo‘nalishlarni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘ralmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling