16-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Albaniya prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.