Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Aleksey Yerxov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi

U 2017–2025-yillarda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Rossiya prezidenti 5-sentyabr kuni Aleksey Yerxovni O‘zbekistondagi elchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Yangi elchi 64 yoshda. U Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan, 1983-yildan buyon diplomatik xizmatda, jumladan, Marokash, Misr, Isroil, Turkiya va Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda ishlagan. 

Aleksey Yerxov 2017–2025-yillarda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Arab, ingliz va fransuz tillarini mukammal biladi.

Aleksey Yerxov 2021–2025-yillarda Toshkentdagi elchixonani boshqargan Oleg Malginov o‘rniga tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling