Alenka Suhadolnik Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Vazir elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Alenka Suhadolnik Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi

Vazir elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. 

"Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz.

Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana-da oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025-yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarimizni mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir.

O‘zbekistonga xush kelibsiz, Elchi xonim!", – deb yozadi vazir Baxtiyor Saidov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling