Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimga Abdulla Mamatqulov tayinlandi.
Abdulla Mamatqulov 1985-yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv ta‘minoti” MChJ direktorining o‘rinbosari, Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DUK direktori kabi mas‘uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv ta‘minoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.