O‘zbekiston Oliy sudi ochiq majlisda Allamjonov xodimlari ishini ko‘rib chiqadi

Himoyachilar ayblovlar soxtalashtirilganligini ta’kidlamoqda

O‘zbekiston Oliy sudi 13-yanvar kuni soat 9:30 da Komil Allamjonovga suiqasddan so‘ng jamoat tartibini buzganlik aybloviga ko‘ra 15 sutkaga qamoqqa olingan yetti nafar fuqaroning ishi bo‘yicha taftish tartibida ochiq majlis o‘tkazadi.

Himoyachilar ayblovlar soxtalashtirilganligini ta’kidlamoqda, videoyozuvlar va guvohlarning ko‘rsatmalari esa hibsga olinganlarning aybsizligini isbotlayotganini aytmoqda.

"Ushbu ochiq majlis bunday ishlarda fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rnak bo‘lishi mumkin", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling