Alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya”.
Maʼlum qilinishicha, Dang‘ara tumani “Navbahor” MFYda joylashgan"A. M." MCHJga qarashli alyuminni qayta ishlash sexida hisoblagichdan tashqari yashirincha bay-pas gaz quvuridan noqonuniy holatda gazdan foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida 1 mlrd 805 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.