Ogʻir toifadagi 300 ta mahallada 180–500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi

Prezident qarori bilan, ogʻir toifadagi 300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.

2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming soʻm) miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025-yil 1-dekabrgacha kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi.

Kasbiy koʻnikmalar markazlarida:

  • 2025-yil 1-fevraldan ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambagʻal oilalar aʼzolarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga manzilli oʻqitish tizimi joriy etiladi;
  • 2025-yil 1-martdan aholini kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
  • 2025-yil 1-apreldan 12 ta yangi kasb yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling