25-yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida Qirgʻiziston prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Qirgʻiziston prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.
Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mamlakatlarning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling