2022-yilda dunyo bo'ylab 86 nafar jurnalist va OAV xodimlari o'ldirilgan — YUNESCO

Bu jurnalistlarning oʻz faoliyati davomida jiddiy xavf va zaifliklarga duch kelayotganidan dalolat beradi

2022-yilda dunyo boʻylab 86 nafar jurnalist va OAV xodimlari oʻldirilgan. Bu haqda YUNESCO hisobotida qayd etilgan.

YUNESCO maʻlumotlariga koʻra, 2022-yilda dunyo boʻylab 86 nafar jurnalist va media xodimlari oʻldirilgan. Xabarga koʻra, har toʻrt kunda bir qotillik yuz bergan.

Qayd etilishicha, birgina Meksikada 19 nafar, Ukrainada 10 nafari va Gaitida 9 nafar jurnalist vafot etgan. Bu jurnalistlarning oʻz faoliyati davomida jiddiy xavf va zaifliklarga duch kelayotganidan dalolat beradi.

“Bir necha yillik izchil pasayishdan soʻng, 2022-yilda jurnalistlarning oʻldirilishi sonining keskin oʻsishi jamiyatda xavotir uygʻotadi. Hukumatlar ushbu jinoyatlarni toʻxtatish va aybdorlarning jazolanishini taʼminlash uchun choralar koʻrishlari kerak. Befarqlik zoʻravonlik muhitini vujudga keltiruvchi asosiy omillardan biridir”, — deydi YUNESKO Bosh direktori Odri Azuley.

Hisobotga koʻra, 2019—2021-yillarda oʻrtacha 58 nafar jurnalist oʻldirilgan, 2021-yilda 55 ta qotillik qayd etilgan. Shu bilan birga, oʻtgan uch yil avvalgi yilga nisbatan oʻlimlarning kamaygani bilan ajralib turadi: 2018-yilda 99 jurnalist faoliyati davomida oʻldirilgan.

Jurnalistlar har bir mintaqada oʻldirilgan, ammo 2022-yilda Lotin Amerikasi va Karib havzasida eng koʻp qurbonlar boʻlgan. Mazkur ikki mintaqada 44 ta qotillik sodir boʻlgan, bu dunyo boʻylab oʻldirilgan jurnalistlarning yarmidan koʻpi, degani. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 16 ta qotillik sodir etilgan, Sharqiy Yevropada esa 11 nafar jurnalist oʻldirilgan. Eng koʻp halok boʻlgan davlatlar Meksika (19 ta qotillik), Ukraina (10) va Gaiti (9) boʻlgan.

Jurnalistlarning oʻldirilishiga ayrim sabablar uyushgan jinoyatchilik, qurolli toʻqnashuvlar yoki ekstremizmning kuchayishi haqidagi xabarlar uchun “qasos” bilan bogʻliq. Baʻzi jurnalistlar korrupsiya, ekologik jinoyatlar, hokimiyatni suiisteʻmol qilish va namoyishlar kabi nozik mavzularni yoritgani uchun oʻldirilgan.

Halok boʻlgan jurnalistlarning yarmiga yaqini hujum paytida, yoʻlda, uyda yoki mashinalar toʻxtash joyida va boshqa jamoat joylarida boʻlishgan. Bu soʻnggi yillardagi tendensiyaning davomi boʻlib, jurnalistlar hatto ishdan boʻsh vaqtlarida ham xatardan holi emasligini anglatadi.

2022-yilda mojarolar yuz bergan mamlakatlardagi jurnalistlar bilan bogʻliq qotilliklar soni 20 tadan 23 taga yetgan boʻlsa-da, asosiy global oʻsish mojarosiz davlatlar hududida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 35 tadan 61 taga, yaʼni qariyb ikki baravar koʻpaygan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling