Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Elyorbek Karimov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Elyorbek Karimov mehnat faoliyati davomida gʻaznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida masʼul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling