Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shaxrida fuqaroni poyezd urib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyat SSB izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 13-mart kuni soat 10:22 da tez yordam mashinasi yetib borgan vaqtda haqiqatdan 1999-yilda tug‘ilgan X.M., kar-soqov bo‘lgan yigit og‘ir va karaxt holatda bo‘lgan.
Soat 10:34 da u Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelingan. Markazning shifokorlari og‘ir bemorni hayotini saqlab qolishga erishganlar, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.
Tashxis: bosh miya og‘ir jarohati, bosh miya chayqalishi, gematomasi, qosh qismi yirtilgan jarohati, o‘ng oshiq-boldir bo‘g‘imi chiqishi, oshiq-boldir bo‘g‘imi sinishi, postravmatik karaxtlik, bolalikdan kar-soqov.
Bemorning holati o‘rta og‘ir, shifokorlar nazoratida, salomatligi ijobiy ko‘rinishda.