Andijonda 2,46 gektar yerni 615 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. 

Andijonda fuqaro F.B.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro X.U. Andijon tumani “Otchopar” mahallasida joylashgan aslida fuqaro X.S.ga chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 2,46 gektar yerni 615 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

U viloyat kadastr organlarida ishlovchi tanishlari orqali yer toifasini o‘zgartirib, kottej qurish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Kelishilgan pullar hisobidan 100 ming dollar olgan vaqtda ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling