Andijon viloyatining Andijon shahridagi xonadonda 227 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan “chilimxona” aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolar S.A. va S.R.lar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “chilimxona” tashkil qilib, ushbu xonadonni tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan.
Holat bo‘yicha S.A. va S.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.