Kadastr agentligi Andijon tumani boʻlimi sobiq boshligʻi A.M hamda sobiq xodimi S.Olar fuqaro N.Aga tumandan bogʻdorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Respublika Kadastlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali turar-joy sifatida toifasini oʻzgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytgan.
Buning evaziga jami 10 ming dollar miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.M va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.